Sarvar va Komil - Sevgi mahzun (Qo’shiq matni, so’zi)

[Sarvar va Komil]
Hijron kechasi, visol ko`chasi,
Armonga cho`kkan yor.
Baxt ko`rinmas, quvonch sezilmas,
Bu dard tinim bilmaydi, yor.

[Shahzoda]
Bu ishq chin sevgi-la gulzor,
Yurak qayg`u ila bemor.
Bu kech ishq, ko`zlari zebo,
Sog`inch-la ko`zlaring xumor.

[Shahzoda, Sarvar va Komil]
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko`zlari maftun.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko`zlarim giryun?

[Sarvar va Komil]
Gohi bir hasrat, gohi shirin baxt,
Tuyg`umsan betakror.
Sensiz yasholmas, sendan ketolmas,
Yuragim sening-la bor.

[Shahzoda]
Bu ishq - ishq atalmish gulzor,
Unda gulning tikanlari bor.
Bu kech ishq, ko`zlari zebo,
Sog`inch-la ko`zlaring xumor.

[Shahzoda, Sarvar va Komil]
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko`zlari maftun.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko`zlarim giryun?

[Sarvar va Komil]
Sevgi ko`zi ojiz, sog`inch tinimsiz,
Tunlar davomiy qiynaydi, yo-o.
Mehringga to`lgan, doim sen-la bo`lgan,
Sening-la yashar dillarim bor.

[Shahzoda, Sarvar va Komil]
Sevgi - gohida qayg`u-g`am,
Sevgi - shirin bir dard-alam,
Sevgi - ba`zida go`zal gul,
Sevgi - guli tikanli gul.

Sevgi - asli bu bir dunyo,
Sevgi - xayol emas, ro`yo,
Sevgi - tuyg`udir ilohiy,
Sevgi abadiy!

Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko`zlari maftun.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko`zlarim giryun?

Другие текст песни Sarvar va Komil