Ummon - Hech qachon (Qo’shiq matni, so’zi)

Sen mening yuragimning dardli dog`isan,
Hech qachon gullamaydigan bog`san.
Qo`lim cho`zsam, qo`llaring bermaysan,
Qutqarmaysan.
Tashlamoqdasan to`r, ko`rinmaydi manzilimga yo`l.
Sen bilan sovqotdim, sensiz man yonib qoldim.

Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog`inmoqdaman hamon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.

Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog`inmoqdaman yomon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.

Bunchalar sovuq bo`lmasa yozning jazirama chillasida,
Yurakka izlamoqdaman panoh, kechalari ko`chalarda bir o`zim.
O`zimdan o`zim kechib bo`ldim seni deb,
Sen esa boringdan kecharmiding meni deb?

Manimcha hech qachon, axir sen bo`lasan
Maning yuragimni ikkiga bo`lib ketgan.
So`zlarimni so`ngigacha tinglamay ketgan,
Haqiqatning achchig`iga chidolmay ketgan.

Maning orzularimni olib ketgan,
Nima bo`lganda ham san tomonga yo`lim yonib ketgan.
San u tomon, man bu tomonda qolib ketgan,
Afsus shuncha vaqt o`tib ketgan san bilan,
Balki shunga ham sani sog`inmoqdaman.

Sen mening orzularimni olib ketding,
Yuragimni ikkiga bo`lib ketding.
Ne sababdan o`zgarib ketding?
Men sening oldingga hech qachon qaytmayman,
Lekin netay, kechib ham ketolmayman,
Qanchalar qiyin bilsang.

Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog`inmoqdaman hamon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.
Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog`inmoqdaman yomon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon. (x2)


Другие текст песни Ummon