/ / / Yulduz Usmonova - Hamroz bilan (Qo’shiq matni, so’zi)

Yulduz Usmonova - Hamroz bilan (Qo’shiq matni, so’zi)

So`zlamoq ersang gapingni,
Burkama pardoz bilan.
Kelsa kim qoshingga, boqqin
E’‎tibor, e’‎zoz bilan.

Jism-u joning birla tingla
Do`st-u yorlar suhbatin, (x2)
Inson insondir hamisha
Hamfikr, hamroz bilan. (x2)

Toma-toma ko`l bo`larmish -
El aro bordir naql,
Bir butun olam yaralmish
Kam-kamu, oz-oz bilan.

O`z kamolingga o`zing sen
Posbon-u soqchi bo`l. (x2)
Xokisor-u xor etma
Ulfati nosoz bilan. (x2)

Tolma oltin tog`i birla
Qolsa odat istasang,
Odamiylik deb atalmish
Bebaho me’‎ros bilan.

Yo`q, umr yo`li uzilmas,
Zoye ketkurma uni,
Qaydagi nokas-u nomard,
Qaydagi vosvos bilan.

To abad Oxunjoningni
Bog`la mahkam roz bilan. (x2)

Bog`la mahkam roz bilan...‎

Другие текст песни

Популярные текст песни