/ / / Ozodbek Nazarbekov - Sevdim (Qo’shiq matni, so’zi)

Ozodbek Nazarbekov - Sevdim (Qo’shiq matni, so’zi)

Zamin-u osmonlardan
Seni topdim, seni sevdim.
Ayon-u no ayonlardan,
Seni topdim, seni sevdim.

Jahonni sarbasar kezdim,
Sabodek darbadar kezdim,
Muqaddas oshiyonlardan
Seni topdim, seni sevdim.

Sevdim, sevdim, sevdim,
Seni topdim, seni sevdim.
Zamin-u osmonlardan,
Seni topdim, seni sevdim.

Umiding birla kun o`tdi,
Xayoling birla tun o`tdi, (x2)
Saharlardan, azonlardan
Seni topdim, seni sevdim. (x2)

Necha yuz bog`ni aylandim,
Sening atringga boylandim, (x2)
Muattar bo`stonlardan
Seni topdim, seni sevdim. (x2)

Sevdim, sevdim, sevdim,
Seni topdim, seni sevdim.
Saharlardan, azonlardan
Seni topdim, seni sevdim.

Muhabbat oshkoradir,
Samarqandu Buxorodir. (x2)
Va lekin men xonlardan
Seni topdim, seni sevdim. (x2)

Na raydansan, na yasmindan,
Na mashriq, na mag`ribdan,
Magarki kaxkashonlardan
Seni topdim, seni sevdim.

Na may qoldi-yu, na sog`ar,
Na devon qoldi, na ja’‎far.
Qay onlarda, qayonlardan
Seni topdim, seni sevdim.

Sevdim, sevdim, sevdim,
Seni topdim, seni sevdim.
Qay onlarda, qayonlardan
Seni topdim, seni sevdim.


Другие текст песни

Популярные текст песни