/ / / Shuhrat Qayumov - Sevib qoldim (Qo’shiq matni, so’zi)

Shuhrat Qayumov - Sevib qoldim (Qo’shiq matni, so’zi)

Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim.
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor -
Yonidagi dugonasin sevib qoldim.

Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh,
Go`zallikda oylar bilan husn talosh.
Dugonasin ta’‎rif etar tilida bol,
Voh, bilmas-ey o`zini der, yurak bebosh.

Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim.
Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Sevib qoldim, sevib qoldim, sevib qoldim.

Qiyin ekan, tanlab sevmoq qiyin ekan,
Uchrashuvlar bekor ekan, o`yin ekan.
Dunyolarning ul chetida bo`lsa hamki,
Peshonaga yozmish yoring tayin ekan.

Suluv qizlar, so`zgir qizlar, tinglang meni,
Dugonasiz yolg`iz chiqing visol kuni.
Dog`da qolmang, kuyov bo`lmish o`zi bilmay
Soqchi qizga topshirsa gar yuragini.

Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim.
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor -
Yonidagi dugonasin sevib qoldim.

Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim.
Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Sevib qoldim, sevib qoldim, sevib qoldim.

Sevib qoldim, yangajonim, sevib qoldim,
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim.
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor -
Yonidagi dugonasin sevib qoldim.

Другие текст песни

Популярные текст песни