/ / / Ozodbek Nazarbekov - Orasinda (Qo’shiq matni, so’zi)

Ozodbek Nazarbekov - Orasinda (Qo’shiq matni, so’zi)

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Naysonda bulut har nechakim ko`z yoshi qildi,
Tishing kibi dur topmadi ummon orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Yuzungni ko`rub o`ftonibon gul qochar erdi,
Miskin yugura olmadi tikon orasinda.

La’li uchun o`lsam, yasangiz to`ti gilimdin,
To yetsam uchib ul shakariston orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Bu Lutfiyni usruk qaroqing ulturur erdi,
Ul g`amza o`qi kirdi bukun jon orasinda.

Gar ko`rsa seni noz ila bo`ston orasinda,
Gul g`uncha bo`lur bog`i guliston orasinda.

Horuttek agar sehr qilmas meni shaydo,
Xoling netar ul chohi zanaxdon orasinda?

Jon berguchi og`zing-u tishing turfa-u oliy,
Kim, ko`rdi guhar chashmai hayvon orasinda?


Другие текст песни

Популярные текст песни