Nuriddin Hamroqulov - Na sen deding, na men dedim (Qo’shiq matni, so’zi)

Bahor sabza ro`molini bog`ladi,
Gul alvonin yoydek u ardoqladi, (x2)
Daryo to`lqinlari ko`nglim chog`ladi –
Na sen deding, na men dedim ul so`zni. (x2)

Yozning zaru zarhallari bog`larda,
Juft qaro ko`z nigohlari bog`larda,
Neki armon yozilmish qarog`larda –
Na sen deding, na men dedim ul so`zni.

Neki armon yozilmish qarog`larda –
Na sen deding, na men dedim ul so`zni.

Kuz ham keldi tilla rang sarupoli,
Yozarmish bizda yozlarning borini,
Quvib oromlarni, ko`zning horini – {x2}
Na sen deding, na men dedim ul so`zni.

Quvib oromlarni, ko`zning horini –
Na sen deding, na men dedim ul so`zni.


Другие текст песни Nuriddin Hamroqulov

Популярные текст песни