Nuriddin Hamroqulov - Fasli bahor esingdamu (Qo’shiq matni, so’zi)

Biz uchrashdik, {x2} ko`zi xumor,
Fasli bahor, esingdamu?
Ishqimizga to`qib ash’or
Fasli bahor, esingdamu?

Sen ham mendek suyganmiding,
Kamalakni kiyganmiding,
Kapalakni quvganmiding
Fasli bahor, esingdamu?

Sharsharalar shovullardi,
Shamol sirli shivirlardi, (x2)
Yuraklar ham jimirlardi {x2}
Fasli bahor, esingdamu?

Ishq degani ko`hna dunyo,
Dildan dilga yo`l bor, barno, (x2)
Yuragimdan jo`shar navo {x2}
Fasli bahor, esingdamu?

Biz uchrashdik...‎

Другие текст песни Nuriddin Hamroqulov

Популярные текст песни