Ulug’bek Otajonov - Vasling xumoriman (Qo’shiq matni, so’zi)

Kelgil, yorim, kelgil, oyday to’lib kel,
Iqbol quyoshiday porlab, kulib kel, (x2)
Ko’ngil chamaniga bahor bo’lib kel.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Kelmas esang o’zim mehmon bo’loyin,
Chehranga termulib, hayron bo’loyin,
Boshingda o’rgilib, qurbon bo’loyin.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Yellar sochin bilan o’ynashmasinlar,
Qumrilar ta’rifin so’zlashmasinlar,
Rashk o’tida, jonim, qiynashmasinlar.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x2)

Mani bulbul, sani ra’no desinlar,
Mani Majnun, sani Laylo desinlar, (x2)
Sadoqatda bizni tanho desinlar.

Vasling xumoriman, husningni zoriman,
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman. (x3)
Chertganda nola qilg’an dutoring toriman...‎

Другие текст песни Ulug’bek Otajonov

Популярные текст песни