Davron Ergashev - Majnuntol (Qo’shiq matni, so’zi)

Suv bo’yida o’sgan majnuntol
Turar edi surib o’y-xayol,
Ayriliqdan boshin egardi,
Dardin faqat suvga aytardi. (x2)

Men seni unutolmayman,
Yoningdan o’tolmayman,
Faqat sen sevgimga guvoh, majnuntol. (x2)

Oradan oylar o’tib, yillar o’tib,
Hali-hanuz surar edi u xayol.
Qani endi u dardlarin unutib,
Yashay olsa bir kungina bemalol.

Soya berib turganingni bilmadim,
Oz bo’lsada qadringni his qilmadim.
Yor meni, men esa uni unutdim,
Ketamanmi, bugun darding kuyladim.

Men seni unutolmayman,
Yoningdan o’tolmayman,
Faqat sen sevgimga guvoh, majnuntol. (x2)

Faqat sen sevgimga guvoh, majnuntol.


Другие текст песни Davron Ergashev

Популярные текст песни