Yulduz Usmonova - Yolg’izlik (Qo’shiq matni, so’zi)

Men Xudodan o`tindim bu kech,
Yulduzlarga yukindim bu kech,
Yomg`ir bo`lib, to`kildim bu kech –
Yolg`iz yashab, yig`lama ayol.

Sovutmagin suzgan oshingni,
Baxt silasin, illo, boshingni,
Quvonch artsin ko`zda yoshingni,
Yolg`iz yashab, yig`lama ayol.

Go`zalliging o`zi bir dunyo, ayol,
Hali har guling ochilmagan, ayol,
O`zing uchun bir bora yasha, ayol,
Yolg`iz yashab, yig`lama ayol. (x2)

Bolishingga bahor gul sochsin,
Eshigingni bir bulbul ochsin,
Beshigingga Tangri dur sochsin,
Yolg`iz yashab, yig`lama ayol.

Go`zalliging o`zi bir dunyo, ayol,
Hali har guling ochilmagan, ayol,
O`zing uchun bir bora yasha, ayol,
Yolg`iz yashab, yig`lama ayol. (x2)

Другие текст песни Yulduz Usmonova

Популярные текст песни