Ortiq Otajonov - Xorazmning lazgisiga (Qo’shiq matni, so’zi)

Xorazm elining boyligi lazgi,
Qadim xazinasin mulkidir lazgi.
Lazgiga raqs etar ellar basma-bas,
Keksami-yoshmidi, kuy yangrasa bas.

Lazgidan zavq olur dillar har nafas,
Qalblarga joylangan sevgidir lazgi.

Davraga tush, davraga tush,
Qanot yozib misoli qush. (x2)
O’ynaganlar bo’ladi xush
Xorazmning lazgisiga.

Quyosh bilan talashadi,
Ko’rgan ko’zlar qamashadi,
Sho’x o’ynagan yarashadi,
Xorazmning lazgisiga.

Sho’x o’ynagan yarashadi,
Xorazmning lazgisiga. {x2}

Soz bilan roz o’ladi,
Yo inshi deb noz o’ladi,
Hirom etsang yoz o’ladi,
Xorazmning lazgisiga.

Sog’insang yor jamolini,
Ko’ray desang kamolini,
Raqsga ulab visolini,
Xorazmning lazgisiga.

Jayhun kirar dilga ko’chib,
To’lqin urib toshib, jo’shib,
O’ynasangchi qalbing qo’shib,
Xorazmning lazgisiga.

Hazil bilan so’ylashasan,
Bulbul bilan kuylashasan,
Olov bo’lib o’ynashasan,
Xorazmning lazgisiga.

Другие текст песни Ortiq Otajonov

Популярные текст песни