Nuriddin Haydarov - O’sma (Qo’shiq matni, so’zi)

Qizlar sho’rlik o’smani
Yaprog’idan uzdilar. (x2)
Bu ham yetmay, oftobga
So’ldirgani yoydilar. (x2)

Tok tagida to’planib,
Piyolani to’nkarib, (x2)
Silqitib ko’z yoshini,
Kaftga olib ezdilar. (x2)

Qora qiyiq qoshlarga
Kamon qilib tortishdi.
Keyin xumor ko’zlarning
Tegrasiga chizdilar.

Tortqilashdi ko’zguni
Kimning qoshi qaro, deb.
O’sma ichgan qoshlarni
Bir-biriga suzdilar.

O’sma ichgan qoshlarni
Bir-biriga suzdilar.

Maqsudaning so’zidan
O’rtoqlari kulishdi, (x2)
O’sma qo’y, deb uning ham
Oromini buzdilar. (x2)

Qizlar sho’rlik o’smani
Yaprog’idan uzdilar. (x2)
Bu ham yetmay, oftobga
So’ldirgani yoydilar. (x2)

So’ldirgani yoydilar...‎

Другие текст песни Nuriddin Haydarov

Популярные текст песни