Oxunjon Madaliyev - Birinchi sevgim (Qo’shiq matni, so’zi)

Kimki sevsa birinchi marta,
Dunyoda u baxtiyor inson. (x2)
Kimki sevsa ikkinchi marta,
U shubhasiz devona, nodon. (x2)

Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan sinfdosh qizim?
Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan zamondosh qizim?

Men shundayin nodonlardanman,
Til uchida garchi kulaman. (x2)
Yulduzlar-u, oy, quyosh bilan-ey,
Kulaman-u, tezda so`naman. (x2)

Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan sinfdosh qizim?
Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan zamondosh qizim?

O`zing edim ishongan bog`im,
Qiynalganda suyangan tog`im.
Sen bor bo`lsang, yo`qdir armonim,
Qaylardasan bevafo yorim?

Sen bor bo`lsang, yo`qdir armonim,
Qaylardasan bevafo yorim?

Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan sinfdosh qizim?
Qaylardasan birinchi sevgim,
Qaylardasan zamondosh qizim?

Qaylardasan sinfdosh qizim?
Qaylardasan zamondosh qizim?


Другие текст песни Oxunjon Madaliyev

Популярные текст песни