Oqshom guruhi - Begonaman (Qo’shiq matni, so’zi)

Ey Xudoyim, menga ne bo’lyapti o’zi,
Men sevgan qizning shirindir so’zi.
Lablari asaldir, shahlodir ko’zi,
Lekin u boshqa yigitning qizi.

Rashk qilishga haqqim yo’qdir, bilaman,
Lek har kun telefonni qo’limga olaman.
Nomerin teraman, o’ylab qolaman,
Axir men kimman unga? Begona bolaman.

Begonaman, begonaman, begonaman,
Jonim, ishqingda men ko’p yonaman.
Begonaman, begonaman, begonaman,
Jonim, ishqingda men ko’p yonaman.

Ey Xudoyim, menga ne bo’lyapti o’zi,
Aytgin, muhabbatning ko’rmidi ko’zi?
Sevsa-yu sevilmay, sevgiman desa,
O’zgalar yorimga-yo, lekin men esa:

Begonaman, begonaman, begonaman,
Jonim, ishqingda men ko’p yonaman.
Begonaman, begonaman, begonaman,
Jonim, ishqingda men ko’p yonaman. (x1+x2)

Другие текст песни Oqshom guruhi

Популярные текст песни