Ummon - Otang ayirdi (Qo’shiq matni, so’zi)

Baxtimdan ayrildim, sog`inchga ko`mildim, yorim,
Ko`zimda yosh qolgan, quvonchim yo`qolgan,
Armonga aylangan muhabbatim yig`lar tunu-kun.
Suratlaring bilan yashayman, sen mening armonim,
Qalbim ozorisan, gulim xazonisan.

Hali kun kelar bilsang, afsuslarda yig`laysan,
O`zga qo`llarida xor bo`lib, meni qo`msaysan.
Yo`qotgan hislaringdan yana meni izlaysan,
Lekin topa olmaysan, mendan yuz o`girgansan. (x2)

Yolg`onlardan yurak qonadi, armonlarda isming qoladi,
Netayin man, otang ayiradi, so`zlaringni tinglasam.

Mayli, ketaver endi, o`zga chora yo`q sen bilan bo`lishga,
Lekin unutma so`zlarimni, yo`lingda yosh qolgan ko`zlarimni.
To`g`ri menda ayb bordir o`zi, lekin bu sabab bo`la olmas,
Agar sevganingda chin dildan, sevgidan kechib, ketib bo`lmas.

Hali kun kelar bilsang, afsuslarda yig`laysan,
O`zga qo`llarida xor bo`lib, meni qo`msaysan.
Yo`qotgan hislaringdan yana meni izlaysan,
Lekin topa olmaysan, mendan yuz o`girgansan. (x2)

Yolg`onlardan yurak qonadi, armonlarda isming qoladi,
Netayin man, otang ayiradi, so`zlaringni tinglasam.
Yolg`onlardan yurak qonadi, armonlarda isming qoladi,
Netayin man, otang ayiradi, so`zlaringni tinglasam.

– Allo.
– Allo.
– Man sizga aytudimku, mani boshqa bezovta qilmang deb.
Adam baribir bizlarni birga bo`lishimizga yo`l qo`ymaydilar. Mani kechiring.

Yolg`onlardan yurak qonadi, armonlarda isming qoladi,
Netayin man, otang ayiradi, so`zlaringni tinglasam.
Yolg`onlardan yurak qonadi, armonlarda isming qoladi,
Netayin man, otang ayiradi, so`zlaringni tinglasam.

Другие текст песни Ummon

Популярные текст песни