Nuriddin Hamroqulov - Jonim xayoling (Qo’shiq matni, so’zi)

Ko`zim qarosidur yuzingda xoling,
Diydamda aksidur ruxsori oling.
Hayotim ziynati – qaddu niholing,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

O`rgilayin nigohing – qiyg`ochingdan,
Titrayman sho`x qoshing – qaldirg`ochingdan,
Qaddingga o`lchab o`stirgan sochingdan,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Malohatda deding, jonim, oychaman,
Hajringda dog`lanib, kuydim, oy chaman,
Yuzing ko`rib, bo`ldi husni boy chaman,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Payvandi rishtayi jonim xayoling...‎

Другие текст песни Nuriddin Hamroqulov

Популярные текст песни