Sherali Jo’rayev - Ko’zga ne bo’ldi (Qo’shiq matni, so’zi)

Termulib ko’z senda qoldi, ko’zga ne bo’ldi?
Tilim lol, so’z ham yo’qoldi, so’zga ne bo’ldi?

Uzalmay qolgan nigohim sezdingmu bilmam,
Oq yuzing guldek qizardi, yuzga ne bo’ldi? (x2)

Ko’zlaring ko’zimga tushgach porlaydi, ammo
Qoshlar chimirildi, hayhot, qunduzga ne bo’ldi?

Bu ko’zlar bog’labdi bizni o’tkir nigoh-la,
Hech tomon bosmas qadamlar, bizga ne bo’ldi? (x2)

Sening ham yoningda qizlar hayrat-la boqmish,
Menga ham derlar odamlar: sizga ne bo’ldi?

Menki bir dilxasta oshiq, sen so’yla, jonim,
Sendayin olamda yakto qizga ne bo’ldi? (x2)

Hech tomon bosmas qadamlar, bizga ne bo’ldi? {x2}

Другие текст песни Sherali Jo’rayev

Популярные текст песни