Rayhon - Hayotim ichra (Qo’shiq matni, so’zi)

Yonsa tinmay tungi yulduzlar,
Yonsa tinmay sevgan bu ko’zlar,
Qolsa bilmay endi armonni
Yuragimiz birga.

Kelsa baxtga to’lgan lahzalar,
Ketsa dildan endi sog’inchlar,
Bizlar endi sevgi asiri
Yor, ikkimiz birga.

Hayotim ichra hayotim bo’lgin,
Xayolim ichra baxtim bo’lib qolgin.
Mening yuragimda
Orzu ichra qanotim bo’lgin.

Yetsa senga qalbim ohlari,
O’tsa senla umrim chog’lari,
Qolsa bilmay endi hijronni
Yuragimiz birga.

Gulga to’lsin yurgan yo’limiz,
Nurga to’lsin oshiq dilimiz,
Bizlar endi sevgi asiri
Yor, ikkimiz birga.

Hayotim ichra hayotim bo’lgin,
Xayolim ichra baxtim bo’lib qolgin.
Mening yuragimda
Orzu ichra qanotim bo’lgin. (x2+x2)

Другие текст песни Rayhon

Популярные текст песни