Yulduz Usmonova - Aytinglar (Qo’shiq matni, so’zi)

G’irot mingan Go’rog’li
Bobom qani, aytinglar,
Qo’ng’irotlik Alpomish
Og’am qani, aytinglar.

Tustovuqday tovlangan-ey
Olam qani, aytinglar.
Qo’lda kiyik ovlagan-ey
Dalam qani, aytinglar. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)

Kokillari yer o’pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga-yey
Malham qani, aytinglar.

Ko’nglim gulday ezilib-o,
Ko’zimga yosh to’lyabdi.
Eh, quyoshga osilib-o,
Botib ketgim kelyabdi. (x2)

Aytinglar-o, aytinglar,
Malham qani, aytinglar. (x2)
Dardim aytsam, tushungan-ey,
Odam qani, aytinglar. (x2)


Другие текст песни Yulduz Usmonova

Популярные текст песни