Tavakkal Qodirov - Yana (Qo’shiq matni, so’zi)

Sho’xi parivashga giriftorman yana, {x2}
Vasling ko’rarga shomu sahar men zorman yana.

Ra’nolar ichra kammidi, tobu jafolar chekib,
Naylayin, birovning ishqida bemorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.

Aylab hamisha xoblara uyquni harom,
Bir nozanin yodida bedorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.

Nogoh, Muqimiy, uchrasa, aqlu hushidan ketib,
Ko’rgan yerimda surati devorman yana. {x2}

Sho’xi parivashga giriftormen yana,
Vasling ko’rarga shomu sahar men zormen yana.


Другие текст песни Tavakkal Qodirov

Популярные текст песни