G’ulomjon Yoqubov - Tushdi ko’zim (Qo’shiq matni, so’zi)

Bir xumor sho’xginaga
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)
Ham sho’xi tannozginaga
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Ne qilaman bilmasa ul,
Kel, deganda kelmasa ul, (x2)
O’zi ochilgan g’uncha gul,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Bog’ ko’chasin aylanaman,
Topolmayin o’ylanaman, (x2)
O’n ikki oydir, yonaman,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Bir iloji bo’lsa, degil,
Yorga arzu holim degil, (x2)
Sadoiydan duo degil,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Другие текст песни G’ulomjon Yoqubov

Популярные текст песни