Shahzoda - Hayot (Qo’shiq matni, so’zi)

Yer aylanar gardonidan,
Kunlar bezor tunlardan.
Vaqt yugurar sonlaridan,
Qalbim bemor dardlardan.

Bu dam olamning surati teran,
O`tmishni xayollayman.
Derazamdan ko`zim uzolmayman,
Bahorimni poylayman.

Hayot, go`zalsan ham zulmat,
Bepoyon ham ozod.
Ey, bugun dil anduhi –
Bergin najot. (x2)

Kimdir kelar el bag`riga,
So`ng intilar yashashga.
Kimdir ketar armonida,
Nomi qolar dunyoda.

Bu dam olamning surati teran,
O`tmishni xayollayman.
Derazamdan ko`zim uzolmayman,
Bahorimni poylayman.

Hayot, go`zalsan ham zulmat,
Bepoyon ham ozod.
Ey, bugun dil anduhi –
Bergin najot. (x2+x2)

Другие текст песни Shahzoda

Популярные текст песни