Shoira Otabekova - Seni sog’indim (Qo’shiq matni, so’zi)

Qalbimning orzulari o`zga dunyo,
Sen bo`lsang yonimda, armonim ro`yo.
Tanho ko`nglimdan qo`msab,
Sog`inaman har tunu kuni,
Sen ham o`ylarmisan meni?

Bayonlaringni o`qib, yig`lab oldim,
Sog`-omon ekansan, ovungan bo`ldim.
Lekin yolvoray, jonim,
Men uchun sen asra o`zingni,
Qayga bossang ham poyingni.

Tunlarim bedor,
Seni sog`indim,
Sabrim beqaror,
Kelgin jonim, yuragim bemador. (x2+x1)

Ketganingdan beri yuragim notinch,
Sezgan tuyg`ularim orzu ham sevinch,
Bahorim shoshilganday olib kelsin vaslingni,
Sening qoshu-ko`zlaringni.

Qalbimning orzulari o`zga dunyo...‎


Другие текст песни Shoira Otabekova

Популярные текст песни