Shohzamon - Chimildiqda aldanma do’stim (Qo’shiq matni, so’zi)

Hayot yo`li qora bilan oq,
G`uncha o`rnin bosmaydi yantoq.
Chaqmasinlar boshingda yong`oq,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

Xudo suysin sendek bandani,
Yor qilma u sharmandani. (x2)
Shirin dema chirik olmani,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

(Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Yolg`onchi qiz, yor-yora.
Yolg`onchi qiz, va’dasida
Turmagan-o, yolg`onchi qiz.)

Yoqa ushlab, tavbalar qil,
Benomusga or sovg`a qil.
So`ngra undan qoch va qutil,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

Ortingda do`st-dushmaning bor,
Bosh ko`tarib yurishing bor,
Bozor ko`rgan echki ayyor,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

Hayot yo`li qora bilan oq,
G`uncha o`rnin bosmaydi yantoq.
Chaqmasinlar boshingda yong`oq,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

Bir yon qora, bir yon oqlik,
Bir yon dog`dir, bir yon poklik,
Nikoh emas vaqtichog`lik,
Chimildiqda aldanma, do`stim. {x2}

(Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Yolg`onchi qiz, yor-yora.
Yolg`onchi qiz, va’dasida
Turmagan-o, yolg`onchi qiz.)

Другие текст песни Shohzamon

Популярные текст песни