Ozodbek Nazarbekov - Yaxshigina (Qo’shiq matni, so’zi)

Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar ul kuningdan ber xabar yaxshigina. (x2)

Ishqingda tunlarni ulayin kunduzgacha,
Ishongil, o`zingni dil qo`msar yaxshigina.

Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.

So`rasam oshiqlardan manzil-u makoning,
Yig`labon dod-faryod soldilar yaxshigina.

Oshiqlarla yo`l yurib duch keldim gulbog`inga-yey,
Bayt aytib, yig`lashib, kuylashar yaxshigina.

Bayt aytib, kuylashib, yig`lashar yaxshig`ina...‎

Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.

Mehribon borsang-ku, rahm ayla man qulingga,
O`zingga bu jonim talpinar yaxshigina. (x2)

O`zingga bu jonim talpinar yaxshigina...‎

Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina. (x2)

Другие текст песни Ozodbek Nazarbekov

Популярные текст песни