Shahnoza Otaboyeva - Aytishuv (Qo’shiq matni, so’zi)

[Shuhrat Dillayev]
Yo`q demasang taklifima, so`zima,
Kokillaring surtajakman go`zima. (x2)
Adashmadim sandek sanamni sevib,
Quruq qaytasim yo`q endi izima. {x2}

Sani jonim, orazina jo etib,
O`z yurtima opketaman to`y etib. (x2)

[Shahnoza Otaboyeva]
Hali sinab ko`rganimcha yo`q sizni,
Nigohingiz buncha olov, chog` sizni? (x2)
Kulib qarashlarni sizdan o`rgandim,
O`zingizdan ko`zlaringiz sho`x sizni. {x2}

O`z uyimdan hech ketasim galmiydi,
Xorazmni tark etasim galmiydi. (x2)

[Shuhrat Dillayev]:
Biz so`ziman, qaytasim yo`q lafzimdan,
Yaxshisini topolmiysan o`zimdan. (x2)
Rayimni qaytarib, so`ngra mengalib,
Qarab qolma yana mani izimdan. {x2}

Sani jonim, orazina jo etib,
O`z yurtima opketaman to`y etib. (x2)

[Shahnoza Otaboyeva]
Og`a, sevgingizni sinab ko`rjakman,
Joningizni sal-pal qiynab go`rjakman. (x2)
Niyatingiz xolis bo`lsa ham sizni,
Izlarimda zor etibla yurjakman. {x2}

O`z uyimdan hech ketasim galmiydi,
Xorazmni tark etasim galmiydi. (x2)

[Shuhrat Dillayev]:
Ota-onang rozi qilsang bo`lg`ani,
Qutlug` duolara olsang bo`lg`ani. (x2)
Ishlarimiz o`ng bo`ladi, azizam-ey,
Muhabbatim qabul qilsang bolg`ani. {x2}

Yanada fayz qo`shib hayotimiza,
Yetaylik maqsad-u murodimiza.

[Shahnoza Otaboyeva]
Yanada fayz qo`shib hayotimiza,
Yetaylik maqsad-u murodimiza.

[Shahnoza Otaboyeva va Shuhrat Dillayev]
Yetaylik maqsad-u murodimiza...‎

Другие текст песни Shahnoza Otaboyeva

Популярные текст песни