Alisher Fayz - Ona shahrim (Qo’shiq matni, so’zi)

Ona shahrim Namangon,
Gullar shahri Namangon, (x2)
Farzandlar quchog`ingda-yey
Topdi qadrin, Namangon. (x2)

Farzandingman, farzim bor,
O`z-o`zimdan arzim bor, (x2)
Sendan bittamas, yuztamas,
Mingta qo`shiq qarzim bor.

Bittamas, yuztamas, sendan
Minglab qo`shiq qarzim bor-ey.

Ona shahrim Namangon,
Gullar shahri Namangon,
Ona shahrim Namangon,
O`zing faxrim, Namangon.

Ne zotlar quchog`ingda-yey
Topdi qadrin, Namangon.
Farzandlar quchog`ingda-yey
Topdi qadrin, Namangon.

Norin, Toshbuloqlaring,
Uchqo`rg`on, Chortoqlaring,
Dunyoga dong`i ketgan
Kosonsoy pishloqlaring.

Shirin so`zing aytaymi?
Olmalaringni maqtaymi?
Chustning do`ppisi bilan-ey
Kiygim kelar yaktakni-yey.

Ona shahrim Namangon,
Gullar shahri Namangon. (x2)
Farzandlar quchog`ingda-yey
Topdi qadrin, Namangon.

Barkamol avlodlarga-ya
Bugun mezbon Namangon.

Ona shahrim Namangon,
Gullar shahri Namangon. (x2)
Shunday kunda madhingni-ya
Kuylash baxtim, Namangon.

Другие текст песни Alisher Fayz

Популярные текст песни