Sardor Rahimxon - Umidvor yurak (Qo’shiq matni, so’zi)

Bugun osmon dardlarim tinglar,
Yomg`ir bo`lib go`yoki yig`lar,
Alamlar cheki yo`q,
Og`rinaman.

Sen u tomon, men bu tomon qarab,
Ketmoqdamiz sevgimiz xo`rlab,
Qiynalmoqdaman...‎

Umidvor yurak, unga sen kerak,
Qiynalar yomon, sog`indim, ishon.
Umidvor yurak, ko`nmasa kerak,
Nahotki yo`q imkon? Sog`indim yomon!

Ilgari vaqt ham tez o`tar edi,
Yonimda bo`lganing yetar edi,
Sen bilan yonardim,
So`nmoqdaman.

Ko`rsam edi seni men bir nafas,
Sensiz dunyolar go`yo bir qafas,
Ko`nikmoqdaman...‎

Umidvor yurak, unga sen kerak,
Qiynalar yomon, sog`indim, ishon.
Umidvor yurak, ko`nmasa kerak,
Nahotki yo`q imkon? Sog`indim yomon! (x1+x1)

Другие текст песни Sardor Rahimxon

Популярные текст песни