Qilichbek Madaliyev - Oshiqligimni ayting (Qo’shiq matni, so’zi)

Ey yaxshilar, dildorga
Oshiqligimni ayting.
Hamroz bo`ldi dil torga,
Oshiqligimni ayting. (x2)

Dilnavoz-u dilrabo,
Ko`rgaymikan dil ravo? (x2)
Dilafro`z, dilozorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Yuragi dog`liq mardlar,
Yurakka bog`liq dardlar, (x2)
Taskin bo`lar, bemorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Qanoti yo`q ne xabar?
El qolmasin bexabar, (x2)
Jarchi solib, bozorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Ey yaxshilar, dildorga
Oshiqligimni ayting...‎ (x2)

Другие текст песни Qilichbek Madaliyev

Популярные текст песни