Otabek Muhammadzohid - Onang (Qo’shiq matni, so’zi)

Agar onang hayot bo`lsa,
Har luqmangda lazzat bor.
Onang agar hayot bo`lsa,
G`amlarning bari bekor. (x2)

Agar onang hayot bo`lsa,
Sendan baxtli odam yo`q.
Diydoridan quvvat olib,
Hotirjamsan, ko`ngling to`q.

Onang hayot bo`lsa...‎ {x2}

Agar onang hayot bo`lsa,
Doim bag`ring butundir.
Bilki, qayga qo`ling cho`zsang,
Beshak qo`ling uzundur.

Onang agar hayot bo`lsa,
Yoshlanmaydi ko`zlaring.
Har tong olib duosini,
Yorug` bo`lar yuzlaring.

Onang hayot bo`lsa...‎ {x2}

Agar onang hayot bo`lsa,
Porlab turar chirog`ing.
Yo`llar bosib charchamaysan,
Yaqin bo`lar yirog`ing.

Onang agar hayot bo`lsa,
Hech darbadar kezmaysan.
Otang o`tgan bo`lsa hamki,
Yetimlikni sezmaysan.

Onang hayot bo`lsa...‎ {x2}
Bo`lsa...‎

Другие текст песни Otabek Muhammadzohid

Популярные текст песни