/ / / Feruza Jumaniyozova - Shaydo bo’ldim (Qo’shiq matni, so’zi)

Feruza Jumaniyozova - Shaydo bo’ldim (Qo’shiq matni, so’zi)

Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)

Muhabbatdan o`t yoqding,
Gulxaningda kul bo`ldim.
Sevgi degan qasrning
Orasida qul bo`ldim.

Sevgi agar shu bo`lsa,
Man uning gadosiman.
Agar sevgi ko`r bo`lsa,
Man uning adosiman.

Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)

Qaro qilma kunimni,
Yaro qilma dilimni.
Kel qiynamay, kelaqol,
Hamdardlashib dilimni.

Kuylab, kuyib adodir,
Shirin so`zing navodir.
Kel, qiynamay kelaqol,
Sensiz dunyo qarodir-ey.

Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)

Shaydo bo`ldim...‎ Ado bo`ldim...‎
Shaydo bo`ldim-ey...‎ Ado bo`ldim-ey...‎

Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)

Другие текст песни

Популярные текст песни