Bojalar guruhi - Latino (Qo’shiq matni, so’zi)

Men o`zi yaxshi bolamanda, nazar sol qara,
Ishim besh faqat siz norozi, nechun bizdan yana?
Voy asalim, nozingdan akang vo-yey, arazlama,
Qo`ysangchi sevgilim-o, nimang kam-u darding nima?

Qiynama meni, atirgulim,
Yorilay deydi bechora yurak.
Ko`nglingga qarab o`tar kunim,
Senga o`zi nima kerak?

Yuzingdagi tabassuming qani?
Kayfiyatingni ko`taraymi, jonim?
Enrikejon yoki Pitbul akani
Parodiya qilib beraymi, jonim?

Latino Amerika, musiqiy isterika,
Kubano Puerto Riko, o`yna jonim, bos-bos.
Latino Amerika, usuli isterika,
Qimir-qimir motorika, o`yna jonim, bos-bos.

Seni yaxshi ko`ramanda, shunisi bir sabab,
Bo`lmasa mingga qo`yardim, bo`la qolsin deb ajab.
Voy asalim, bilsangchi axir bir bor menga qarab,
Sevdim deb sabr qilib, turibman qilmasdan g`azab.

Qiynama meni, atirgulim,
Yorilay deydi bechora yurak.
Ko`nglingga qarab o`tar kunim,
Senga o`zi nima kerak?

Yuzingdagi tabassuming qani?
Kayfiyatingni ko`taraymi, jonim?
Enrikejon yoki Pitbul akani
Parodiya qilib beraymi, jonim?

Latino Amerika, musiqiy isterika,
Kubano Puerto Riko, o`yna jonim, bos-bos.
Latino Amerika, usuli isterika,
Qimir-qimir motorika, o`yna jonim, bos-bos. (x1+x1)

Другие текст песни Bojalar guruhi

Популярные текст песни