Surayyo - Devona qizman (Qo’shiq matni, so’zi)

Nigohim tushsa agar, dilim yonar,
Parvo etmadingiz devona qizni.
Chin dildan sevardim, shundan qo`rqaman:
Sevgimning uvoli tutmasin sizni. (x2)

Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman?
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman? (x2)

Pinhona armonlar yutdi yuragim,
Bir umr hijronlar tutdi bilagim.
Vayron yuragimda so`nggi tilagim:
Sevgimning uvoli tutmasin sizni.

Siz mening baxtimga baxtiyor bo`ling,
Ehtiyot qilaman, ehtiyot bo`ling.
Ko`nglimdan og`rinib, otmasman toshlar,
Sevgimning uvoli tutmasin sizni.

Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman?
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman? (x4)

Другие текст песни Surayyo