Bojalar guruhi - Lolam (Qo’shiq matni, so’zi)

Kutar edimki men sendan
“Ko`nglimda faqat sen borsan”,
Degan so`zingni,
Chiroyli so`zingni.

Seni dedim – beor bo`ldim,
Qilmagan ishimni kor qildim.
Qaragin kimman,
O`zgardim dastingdan.

Lolam, mening Lolam,
Bahorgi gul misolisan, Lolaxonim.
Lolam, mening Lolam,
Yuragimning istagisan, Lolaxonim.

Ko`zlarimdan tomardi yosh,
Bir kun xursand, bir kun bebosh
O`tmoqda vaqtim,
Sensiz muhabbatim.

Xohlar edimki men shuni –
Yoritsang edi hayotimni,
Kelib yonimga,
Qolib yonimda bir umrga.

Lolam, mening Lolam,
Bahorgi gul misolisan, Lolaxonim.
Lolam, mening Lolam,
Yuragimning istagisan, Lolaxonim.

Другие текст песни Bojalar guruhi