Mohim - Sensiz (Qo’shiq matni, so’zi)

Kelmaysan,
Yuragim otash bolib yonsada kelmaysan.
Osmon qadar sog`inchim,
Ko`zimda to`lsada, buni nechun ko`rmaysan?

Balki sezmaysan,
Bu qadar yolg`izlikni hali sen sezmaysan.
Sevgini his etdim,
Ammo sen buni keraksiz deb o`ylaysan.

Kel, orzularingni o`yla,
Go`zal ertagingni sen so`yla,
Nega ikkimizni chorlaydi yo`llarim?
Izlaganimsan sen, deb aytgin,
Hayotimsan, yonimga qaytgin,
Xayolimda bir san, devona dilim.

Devona dilim,
Armon demadim, yolg`on demagin,
Yolg`iz sevgimni.

Sensiz dunyo – suvsiz dengiz,
Ko`zlarim yo`llaringda umidvor,
Sog`inchli ko`ngillarda qanot bor.
Qalbim osmonida oppoq bulutlar,
Qushlariday birga parvoz etarmiz. (x2)

Kel, orzularingni o`yla,
Go`zal ertagingni sen so`yla,
Nega ikkimizni chorlaydi yo`llarim?
Izlaganimsan sen, deb aytgin,
Hayotimsan, yonimga qaytgin,
Xayolimda bir san, devona dilim.

Devona dilim,
Armon demadim, yolg`on demagin,
Yolg`iz sevgimni.

Sensiz dunyo – suvsiz dengiz,
Ko`zlarim yo`llaringda umidvor,
Sog`inchli ko`ngillarda qanot bor.
Qalbim osmonida oppoq bulutlar,
Qushlariday birga parvoz etarmiz. (x2)

Другие текст песни Mohim