Ummon - Do’st (Matn)

Zohid:
Do`st hayot bizni sinovga tashladi,
Kim do`st kim dushman ajratmadi.
Do`st hayot ko`zlarimni yoshladi,
Rahm shafqatsiz jazoladi.
Rizqini bo`lishgan, haqqimni yemagan
Yonimda tik turgan do`st, do`st.
Onam betob bo`lsa men kabi qayg`urgan,
Yonimda tik turgan do`st aziz do`st.

Naqorat:
Yonginamda yon bo`lgan yoshligim birga o`tgan,
Yesa bo`lishib yegan do`st do`st.

Shohruh:
Oqibat qalbda yashasin albat,
Vaqt o`tib do`stga do`st muhtoj bo`ladi albatta.
Yuztuban mol-dunyo, boylik quliga aylandimi,
Bir kun kelib aniq qolar g`aflatda.
Avval o`yla topiladi mayli pul boylik,
Munosabat buzildimi tiklash qiyindir do`stlik.
Ahir do`stlik ila hayoting ham bo`lar mazmunli,
Haqiqiy do`stlar ko`p emas bo`lar ekan sanoqli.

Jasur:
Og`ir kuningda yonongda bo`ladigan bu kim?
Sohta do`stlar esa bahona topib turar jim.
Ba`zilar yoningda paydo bo`lar bo`lsa foyda,
Haqiqiylari tayyor turar har vaqt har joyda.
Chin do`stlarim sizlardan bir umrga minnatdorman,
Yaxshi yomon kunlaringizda doimo men borman.
O`rtamizda mustahkam ishonch buzilmasa bas,
Haqiqiy do`stlik boylik bilan hech ham o`lchanmas.

Zohid:
Rizqini bo`lishgan, haqqimni yemagan
Yonimda tik turgan do`st, do`st.
Onam betob bo`lsa men kabi qayg`urgan,
Yonimda tik turgan do`st aziz do`st.

Naqorat:
Yonginamda yon bo`lgan yoshligim birga o`tgan,
Yesa bo`lishib yegan do`st do`st.

Другие текст песни