Ummon - Shukur (Matn)

Uyg’onaman ertalab ya’na, har kungi holat yuzimni yuvib ichaman choy,
Kechga qolish mumkin emas, shoshilib kiyinib ya’na qaytarilar o’tgan bir necha oy.

Ya’na usha avto bekat, o’tiraman o’zim yozgan qo’shig’im tinglab,
Hozir 7:15 da keladi besh ta qiz, shu bekat taraf.
Har kuni dagi dagi bir biriga pichir pichir, nimalardur haqida so’zlashadi,
Bittasi bor orasida unga qarab kulib qo’ysam u ham kulib qo’yadi.

Manimcha bu qizlar Barovuskida yoki Udakada kerak o’qisa,
Ular ketgandan so’ng 10 daqiqa va ma’na men ham avtobus ichida,
Ketmoqdaman manzilim tomon, Toshkent bunchalar chiroylisan doimo bo’l omon,
Shu yo’llarga qarayverib to’ymayman hech qachon,
Pastu-baland binolar, Uzun-uzun ko’priklar, mani manzilimga elitar,
Mana keldim ish joyimga eson omon, eson omon kelganimga shukur,

O’zim yotib o’zim turayotganimga shukur, oyoqlarim yurayotganiga shukur,
Ko’zlarim ko’rayotganiga shukur, naqadar dunyo go’zaldur.

Mana ish honam va boshlandi ish, to’g’rimda o’tirgan qizni ismi Nargiz,
Qachon qarama unga doim asabda,
Nima bo’lgan o’zi unga baqirib javob beradi u hammaga,
Manda esa har doimg dagi dag bayram,
Hech kim qimmat emas mani asab tolalarimdan,
Hech kim arzimaydi bunchalik asabiylashishimga ham,
Nima bo’lmoqda tushunaolmadim.
Eng keragi sog’-omonmisan qolgan hammasi bir tiyin,
Suving bormi noning bormi qolgan hammasi bir tiyin,
Qora qozoning qaytab tursa shuni o’zi bas,
Diydor ko’rishib turganimizni o’zi bitta baxt,
Mana ish tamom toki narsalarimni yig’ishtirib bo’lgunimcha hech kim qolmadi
Axir soat 7:30 hali kech emas, nega odamlar bunchalar shoshadi,
Ey do’stdim shoshma ozgina, vaqt bor ozgina, o’zing bo’sh qo’y,
Shoshilib qayga ham borarding ahir borar joyimiz bir,
Sandan mandan qoladi faqat yaxshilik bil.

O’zim yotib o’zim turayotganimga shukur, oyoqlarim yurayotganiga shukur,
Ko’zlarim ko’rayotganiga shukur, naqadar dunyo go’zaldur.

Mana qorong’u va ish tamom qaytmoqdaman uyga eson omon,
Toshkent tunda kundanam go’zal, shu shaharga qarab dam olar ko’zlar,
Har tarafing turar charaqlab, mana ertalab ruparamdagi bekat,
Sho’tan chamasi 5 daqiqa uyimgacha yurib boraman piyoda,

Ana uydaman bugungu kunim tamom, agar nasib etsa ertaga etadi u davom,
Bugungi kunim halol o’tgani uchun, shukur shu qo’shiqni yozib bitirganim uchun shukur,

O’zim yotib o’zim turayotganimga shukur, oyoqlarim yurayotganiga shukur,
Ko’zlarim ko’rayotganiga shukur, Ollohim o’zinga shukur

Другие текст песни

Популярные текст песни