Bolalar - Keldingmi (Matn)


Men uchun qadrli
Bo’lgan sevgi sen uchun kulguli,
Men uchun eng zavqli
Orzularim sen uchun zerikarli.

Sen o’zga dunyosan,
Qo’llarim yetmas
Sen tomon, osmonga!
Qaramaysan ortingga sen, yerga!
Bir kun kelib aytaman men senga -

Keldingmi, endi qara,
Sensiz men o’lganim yo’q!
Yashayapman!
Ko’rdingmi, endi yig’la,
Undan ham kam joyim yo’q
Mening zarra!
Ishonmading, kutmading,
Sevgimizni sen sotding nimaga?
Sevgimiz gavhari sotildi
Bir sariq chaqaga!

Men uchun u eng shaxsiy
Bo’lsa sirlar, qilasan ommaviy!
Qalbimning eng dardli
Mavzulari sen uchun ayanchli.

Sen o’zga dunyosan,
Qo’llarim yetmas
Sen tomon, osmonga!
Qaramaysan ortingga sen, yerga!
Bir kun kelib aytaman men senga -

Keldingmi, endi qara,
Sensiz men o’lganim yo’q!
Yashayapman!
Ko’rdingmi, endi yig’la,
Undan ham kam joyim yo’q
Mening zarra!
Ishonmading, kutmading,
Sevgimizni sen sotding nimaga?
Sevgimiz gavhari sotildi
Bir sariq chaqaga! (3x)

Другие текст песни